Umraga yuborilgan 14 nafar ziyoratchining vizasi soxta bo‘lib chiqdi

Umra ziyoratiga yuborilgan 14 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmay deport qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek  - Sputnik. Turfirma tomonidan Umra ziyoratiga jo‘natilgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning vizasi qalbaki bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi.

O‘zbekistonda Haj va Umra ziyorati uchun qo‘shimcha aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 26-noyabr kuni O‘zbekistondan Jiddaga yetib borgan  14 nafar ziyoratchilarning sayyohlik vizasi Saudiya Arabistoni chegara xizmati tomonidan qalbaki deb topilgan. Ziyoratchilar aeroporta to‘xtatib qolingan va qaytib O‘zbekistonga deport qilingan.

Ular 27-noyabr kuni O‘zbekiston Havo yo‘llari samolyotida Toshkentga qaytib kelishgan.Malum bo‘lishicha ushbu ziyoratchilarning hujjatlari Andijonda joylashgan turistik firma tomonidan tayyorlangan bo‘lgan.

Ushbu holatdan xulosa qilgan holda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita barcha ziyoratchilardan faqat rasmiy, xavfsiz va ishonchli “Umra ziyorati”dan foydalanishni tavsiya etgan.