Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi

Avval erishilgan kelishuvlarga asosan Tojikiston faqat ichki ehtiyoj ta’minlangan oylarda O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi. Bu ma’lumot Sputnik muxbiriga O‘zbekiston energetika vazirligida tasdiqlandi.

Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Bu sovuq ob-havoning boshlanishi va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlarga asosan Tojikiston O‘zbekistonga faqat ichki ehtiyoj ta’minlangan oylarda elektr energiyasini eksport qiladi. Sentabr oyidan beri energiya yetkazib berish hajmi asta-sekin qisqardi.

Tojikiston elektr energiyasi o‘rniga Turkmaniston energiyasi keldi. Qo‘shni respublikadan 1-dekabrdan 14,9 mln kVt.ch, 2-dekabrda 15,4 mln kVt.ch.energiya import qilindi.

Ikki tomonlama bitim bilan yetkazib berish grafigi va hajmi tasdiqlandi.

Elektr energiyani qo‘shni davlatlardan import qilish ikki yil oldin qayta tiklangandi. Bu birinchi navbatda qish mavsumida to‘g‘ri keladi.