TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Samarqandda FVV xodimlari ikki kishining hayotini saqlab qolishdi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2-dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri A.Temur ko‘chasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilgan va uyda yong‘in chiqanligi to‘g‘risida xabar bergan.
To‘rt daqiqadan so‘ng voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va o‘t o‘chirish guruhi shaxsiy tarkibi yetib borib, zudlik bilan yong‘inni o‘chirishgan.
Ta’kidlanishicha, tezkor sa’y-harakatlar natijasida tutun bilan to‘lgan xonadon ichidan 1986-yilda tug‘ilgan I.N. va uning qizi 2006-yilda tug‘ilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim jablanmagan.
Yong‘in uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda