Bir necha kun ilgari Qizil maydonda GUM-yaxmalak maydoni ochilishining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Yaxmalak maydoni bu yil 55-yilni qarshi olgan “Xayrli tun, bolajonlar” bolalar ko‘rsatuvi mavzusi asosida bezatilgan.
Taniqli figurali uchuvchi Tatyana Navka ochilish marosimi mehmonlari e’tiboriga o‘zining “Uyqudagi go‘zal” muzikli parchasini havola etdi.
Ochilish marosimiga Andrey Malaxov, Tatyana Navka, Petr Chernishev, Alina Zagitova, Albina Djanabayeva, Alla Mixeyeva, Yuliya Xlinina, Andrey Burkovskiy, Kseniya Alferova, Bari Alibasov, Anton Tabakov, Tatyana Mixalkova, Sergey Garmash, Yekaterina Shpitsa, Aleksey Yashin va boshqa ko‘plab taniqli yulduzlar tashrif buyurishdi.