Germaniya Rossiya elchixonasining ikki xodimini chiqarib yuboradi

Spiegel onlayn-jurnali xabariga ko‘ra, tergov bu hodisani "professional rejalashtirilgan va amaga oshirilgan buyurtma qotillik", deya baholamoqda. Ushbu qotillik buyurtmachilari yoki jinoyat dunyosi vakillari yoki chet el razvedkasi bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasining ikki xodimini davlatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Xodimlarga endilikda Germaniyaga kirish ta’qiqlangan. Ushbu siyosiy mojaro Gruziya fuqarosining Berlinda o‘ldirilishi hodisasi bilan bog‘liq, deb yozadi RIA Novosti.

Putin bayonoti: NATOning kengayishi Rossiya uchun tahdiddir

"Bugun bosh prokuror ushbu ish yuzasidan surishtiruvni o‘z zimmasiga oldi, qotillik Rossiya Federatsiyasi davlat organlari yoki Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasining xuddi shunday organlari buyurtmasiga binoan amalga oshirilganini tasdiqlovchi yetakrlicha dalillar mavjud", - deyiladi TIV bayonotida.

Spiegel nashri Germaniya TIV mamlakatdagi Rossiya elchisi Sergey Nechayevni chaqirtirib, unga nota topshirgani haqida xabar bergan. Germaniya tashqi ishlar mahkamasi ushbu notada Rossiyani Tornike K. qotillishi ishi bo‘yicha bosh prokuratura bilan hamkorlik qilishga chaqirgan.

Federatsiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Andrey Klimov RIA Novostiga bergan izohida, Moskva javob qaytarishini ma’lum qilgan.

Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi

"Xalqaro amaliyot mavjud, uni biz o‘ylab topmaganmiz, u Rossiya tomoni chiqarib yuborilgan diplomatlari sanog‘iga teng diplomatlarni javoban chiqarib yuborishini nazarda tutadi. Rossiyaning bunday ishni amalga oshirishi uchun barcha asosi mavjud", - dedi u.

Sal oldin OAVlar Germaniya kansleri Angela Merkel hukumati agar Moskvaning Gruziya fuqarosi o‘ldirilishida aloqadorligi aniqlansa, u hola unga qarshi diplomatik yoki boshqa sanksiyalarni kiritishi mumkinligi haqida xabar berishgan edi.

Rossiya yetakchisi matbuot-kotibi Dmitriy Peskov qotillik va "rasmiy Rossiya" o‘rtasida aloqa mavjudligini ko‘plab marotaba inkor etgan.

Berlinda nima yuz bergandi?

Yoz faslining oxirida 40 yashar Gruziya fuqarosi Moabit hududida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan. Berliner Kurier nashri ma’lumotlariga ko‘ra, erkak boshidan yaralangan va hodisa joyida vafot etgan. Oradan bir necha kun o‘tib, politsiya 49 yashar rossiyalikni qo‘lga olgan, prokuratura erkak yonidan qurol topilganini bildirgan.

London Kremlning Skripal ishiga aloqadorligiga oid hech qanday dalil yo‘qligini tan oldi

Spiegel onlayn-jurnali xabariga ko‘ra, tergov bu hodisani "professional rejalashtirilgan va amaga oshirilgan buyurtma qotillik", deya baholamoqda. Ushbu qotillik buyurtmachilari yoki jinoyat dunyosi vakillari yoki chet el razvedkasi bo‘lishi mumkin.

Xuddi shu nashr 30-avgust kuni gumondor Rossiya maxsus xizmati agenti bo‘lishi mumkinligi haqida material e’lon qilgan edi. Maqola mualliflarining ta’kidiga ko‘ra, viza olish uchun hujjat topshirgan gumondorning ismi Rossiya ma’lumotlar bankida mavjud emas, uning xorijga chiqish pasporti raqami esa "Bosh razvedka boshqarmasi harbiy razvedka xodimlariga hujjat taqdim etgan" IIVga ishora qilmoqda.

GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert hukumat "OAV xabarlarini e’tiborga olishgani" haqida bayonot qilgan.