O‘FA Rustam Kariyevning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi

O‘zbekiston jamoasini bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor bo‘lishiga hissa qo‘shgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2-dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining bosh murabbiyi  Rustam Kariyevning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi.

Jamoani bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor bo‘lishiga hissa qo‘shgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2-dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

O‘zbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan so‘nggi intervyu

“O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis, O‘zbekiston amputantlar terma jamoasini Jahon chempionatlarida g‘alabalarga yetaklay olgan futbol faxriysi Rustam Kariyev vafot etgani munosabati bilan marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etamiz”, - deyiladi xabarda.

Oktabr oyida Rustam Kariyevning jamoasi vatanga navbatdagi sovrinni – G‘alaba kubogini olib kelishdi. O‘zbekistonliklar Abxaziyadagi xalqaro turnirning eng yaxshi o‘yinchilariga aylanishdi. Bugungi kunda ushbu jamoa 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogiga sohib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.