AQSh vakillar palatasi Rossiyaning "G7"dagi ishtirokiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi

Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya qo‘shnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguniga qadar hamda demokratik jamiyat standartlariga amal qilmagunicha "G7"ga qaytmasligi kerak
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. AQSh Kongressi vakillar Palatasi Rossiyaning "Katta yettilik"dagi ishtirokiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Hujjat uchun 339 kongressmen ovoz berishgan, qarshilar – 71. Qaror qonun kuchiga ega emas – u tavsiyaviy xarakterga ega, shuning uchun ijroiya hokimiyati unga rioya qilishga majbur emas.

Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya qo‘shnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguniga hamda demokratik jamiyat standartlariga rioya qilmaguniga qadar "G7"ga qaytmasligi kerak.

Ilgari ushbu hujjat vakillar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan edi.

 G8 formatini ehtimoliy tiklanishi xaqida sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp avgust oyida gapirgan edi. O‘shanda u Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni AQShda bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qilish niyatida ekanligini aytgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan birgalikda ko‘plab xalqaro masalalarni muhokama qilish mantiqqa yaqinroq.

Shunga qaramay, "Yettilik" bu masala bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Germaniya kansleri Angela Merkel G8 formatini qayta tiklash masalasini Ukraina nizosining bartaraf etilishi bilan bog‘lamoqda.

Vladimir Putin o‘z navbatida, Moskva muloqotga tayyorligini va G8 formatini tiklanishini istisno etmasligini, lekin bu asosiy maqsad emasligini ta’kidlagan.