Tramp vertolotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi” - video

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy oldida vertolotga chiqishdan oldin rafiqasi Melanyani “unutdi”. Bu holat aks etgan video ostida internet foydalanuvchilari ko‘plab izohlar qoldirishgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. FOX 10 Phoenix telekanali AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy oldida vertolotga chiqishi aks etgan videoni joylashtirdi.

Videoda Tramp vertolot tomon bir o‘zi borayotgani aks etgan. Biroq yarim yo‘lda rafiqasi Menlanyani kutish uchun to‘xtadi, ular birgalikda uchish kerak bo‘lgan.

Video mualliflari AQSh prezidenti rafiqasini shunchaki unutib qo‘ygan, deb taxmin qilishdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi noqulay ahvolga tushishi bir necha marta OAVlar e’tiboriga tushgan.

Xususan, Tel-Aviv aeroportida prezident oilasi kutib olishga chiqqan yuzlab jurnalistlar "oilaviy sahnaning" guvohi bo‘lishgandi. Qizil yo‘lakdan ketayotgan Donald Tramp rafiqasining qo‘lini tutmoqchi bo‘lganda, Melanya uning qo‘lini siltab tashladi.

Birozdan so‘ng, Italiyada ham AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya uning qo‘lini yana bir bor ushlashdan bosh tortgandi.