“Tashkent City”dagi Kongress-xoll tomi qulagani haqidagi xabar yolg‘on – hokimlik

Hozirda poytaxt hokimligi yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash yuzasidan ish olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi “Tashkent City”dagi Kongress-xoll tomi qulagani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlangan.

"Hozirda yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent City” Kongress-markazi tomi qulagani haqida xabar tarqalgan edi.