Talaba va pul: oliygohda o‘qish vaqti qanday pul topish mumkin

O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Belarusdan kelgan aksariyat talabalar Moskvada o‘qish vaqtida o‘zlariga yarim kunlik yoki o‘zgaruvchan jadvalli ish topishadi.
Sputnik

Ishni OTMning o‘zida yoki undan tashqarida topish mumkin. Ish smenali bo‘lishi, masofadan turib bajarilishi yoki o‘z mutaxassisligi sohasida bo‘lishi mumkin. Asosiysi – o‘qishni butunlay unutib diplomsiz qolmaslik.

OTMdami yoki tashqarida

Talabalar uchun daromad masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan, axir har qanday stipendiya maoshdan kam bo‘ladi. Talaba o‘zi o‘qiyotgan oliygohda pul ishlab topishi mumkin. Buning uchun xorijiy talabalarga maxsus ruxsatnoma kerak bo‘ladi.

Ko‘plab oliygohlar talabalar uchun bir qator vakansiyalar taklif qiladi. Odatda kunduzi o‘qiydigan talabalar yarim stavka, kechgi smenada o‘qiydiganlar – to‘liq stavkada ishlashi mumkin. Shuningdek talabalar yozda qurilish otradlarida o‘z kursdoshlari bilan birga ishlashlari mumkin.

“Universitetda imkoniyat va vakansiya bo‘lsa, o‘zgaruvchan grafikli ishga joylashish mumkin. Shuningdek universitet talabalarga turli moddiy yordam va dotatsiyalar berib turadi”, - deydi Plexanov nomli Rossiya Iqtisodiy universiteti talabasi, tojikistonlik Maqsadjon Rizayev.

Bir joyda o‘qish va ishlash qulay bo‘lishiga qaramasdan, aksariyat talabalar masofadan turib ishlash mumkin bo‘lgan ish qidirishadi. Bu borada bo‘lajak dasturchilarda katta ustuvorlik bor desak xato bo‘lmaydi: ular o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi maosh to‘lanadigan ish topishlari oson. Shuningdek, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bo‘lmasa-da, o‘zgaruvchan jadvalli va kafolatli maosh tulanadigan ishlar ham ko‘p. Masalan aksariyat talabalar ofitsiant, kuryer, sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Savdo aksiyalarida ishtirok etishadi.

Talaba va pul: oliygohda o‘qish vaqti qanday pul topish mumkin

“Ofitsiant bo‘lib ishlash keragidan ortiqcha vaqt talab qilmaydi. Smenalarni o‘qish bilan birga olib borish mumkin. Lekin bunday ish bo‘lajak karyera bilan bog‘liq emas, vaqtincha pul topish uchun xolos”, - deydi belorussiyalik talaba Stepan Klochkov.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ishlash uchun xorijiy talaba 18 yoshdan katta va IIV Migratsiya bo‘limining taaluqli ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ushbu hujjat kunduzgi bo‘lim talabalariga muayan mutaxassislik bo‘yicha oliygoh joylashgan hududda ishlashga ruxsat beradi.

OTM ish topishda vositachi

Yaxshi ishlarda ishlash talabalarga nafaqat qo‘shimcha daromad balkim, bulajak kasbiy o‘sish uchun tajriba va bilim ham beradi. Ushbu yo‘lda ularga deyarli har bir oliygohda mavjud bo‘lgan kasbiy o‘sish markazlari yordam beradi.

Ushbu markaz xodimlari talabalarga samarali rezume tayyorlash va ish beruvchi suhbatidan o‘tishda yordam beradi. Ular hamkor-kompaniyalar vakillarini talabalar bilan uchrashuvga taklif qilishadi. U yerda ish beruvchilar o‘z kompaniyalari haqida hikoya qilib berishadi va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi imzolashadi. Yil davomida oliygohlarda vakansiyalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. U yerda bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklariga mos qo‘shimcha ish yoki amaliyot topishlari mumkin.

Talaba va pul: oliygohda o‘qish vaqti qanday pul topish mumkin

Moskaning yirik oliygohlarida har yili 100dan ortiq kompaniyalar o‘z taqdimot marosimlarini o‘tkazishadi, vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etishadi va master-klasslar tashkil qilishadi.

Talabalar stajirovka o‘tish, oliygoh bilan hamkor bo‘lgan yirik kompaniyalarga ishga kirish imkoniga ega bo‘ladi.  

Amaliyot orqali ishga kirish

Amaliyotlar nimasi bilash yaxshi? Ular har doim ham darhol daromad keltirmasa-da, lekin talaba va ish beruvchining amaliyot orqali o‘zaro muloqoti ularning bir-biri bilan yaxshiroq tanishga va har tomonlama yaxshi o‘ylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. Ko‘p hollarda bunday tanishish kelajakda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha to‘laqonli ishga joylashish imkonini beradi.

Yaxshi kompaniyada amaliyot o‘tish – bu kelajakda rezumeda “nufuzli yozuv” paydo bo‘lishini anglatadi. Ko‘plab talabalar diplom olish vaqtida o‘zlari ishtirok etgan bir necha loyihalar ro‘yxati yozilgan bo‘ladi. Bunday yozuvlar ularga boshqa nomzodlar oldida biroz bo‘lsada ustuvorlik beradi. Yirik xalqaro kompaniyalar amaliyot tajribasi bo‘lmagan talabani ishga qabul qilishmaydi.

Yirik korporatsiyalarda mehnat amaliyoti o‘tash RIUning yuqori kurs talabalari orasida juda keng tarqalgan holat, deydi talaba Stepan Klochkov.

“Moliyachilar uchun bu yirik banklar va “Katta to‘rtlik” kompaniyalari, menedjerlar orasida – yirik sanoat korxonalari, marketologlar uchun esa – iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar. Bunday kompaniyalarda talabalar uchun doim maxsus dasturlarga ega va bunday amaliyot talabalar uchun eng qulay” - deydi talaba.

Har bir ishda meyor bo‘lgani yaxshi

Ishlash haqida qaror qabul qilishdan oldin, har bir talaba yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak. O‘qish va ishni bir vaqtda eplash uning qo‘lidan keladimi, ish tufayli uni o‘qishdan haydab yuborishmaydimi.

“Mening kasbimda (moliya, audit, baholash) bir vaqtda o‘qish va ishni bir-biriga zarari tegmaydigan qilib bajarish – juda murakkab, chunki ish butun diqqatni talab qiladi. Undan tashqari shidan keyin qolish va xizmat safarlari ham bo‘lib turadi”, - deydi Klochkov.

O‘qish va ishni bir vaqtda olib borish – juda noqulay. O‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha yuklama olish mumkin, deydi o‘zbekistonlik talaba Rufat Gapparov.

“Men dam olish kunlari ishlayman. Men faqat shunday tarzda o‘zimga mos keladigan ish jadvali topa oldim”, - deydi talaba.

Shu bilan bir vaqtda, ko‘p o‘qituvchilar ishlayotgan talabalar muammolariga tushunish bilan qarashadi. Ayniqsa ularning ish  faoliyati mutaxassisliklari bilan bog‘liq bo‘lsa. Ba’zan ular bunday talabalarga biroz yengillik berishga rozi bo‘ladilar. Agar talabada sog‘lom fikrlash va mehnatsevarlik bo‘lsa, u har doim o‘qish va ish orasida kerakli muvozanatni topa oladi.