Rossiyadan Tojikistonga pul o‘tkazish to‘xtatib qo‘yildi

Rossiya pul o‘tkazish tizimlari Tojikistondagi pul berish punktlaridagi ishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiyaning qator tizimlari Tojikistonga pul o‘tkazmalarni to‘xtatib qo‘yishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, bank bo‘limlarida o‘z pullarini ololmayotgan odamlar to‘plangan. “Western Union”, “Contact”, “Yunistrim”, "Zolotaya korona" va “MoneyGram” tizimlari orqali pul berish ishlamayapti.

Xorijdan O‘zbekistonga tez va arzon pul o‘tkazish tizimi ishga tushdi

"Zolotaya korona” bo‘limi xodimlari Sputnik Tojikiston bilan suhbatda tizim avvalgiday ishlayotgani, hech qandan cheklov yo‘qligini ta’kidlashgan. “MoneyGram” tizimi xodimlari ham uzilishlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilishgan va agar pul olishda muammo tug‘ilsa, ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya qilishgan.

“Yunistrim” banki bo‘limidagi mutaxassislar Tojikistondagi bo‘limlarda pulni milliy valyutada berish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganini aytishgan. Shuningdek, dollar, yevro yoki rubl jo‘natish mumkinligini qo‘shimcha qilishgan.

Tojikiston Milliy banki joriy yilning 3-dekabridan milliy pretsessing markazni ishga tushirgan va bu Tojikistonga pul o‘tkazish jarayonini o‘zgartiradi.