NATO Rossiyani dushman sifatida ko‘rmaydi, deb bayonot qildi Stoltenberg

NATO bosh kotibi alyans Rossiyani o‘z dushmani deb hisoblamasligini ta’kilab o‘tdi. "Biz Rossiyaga bunday ta’rif bermaymiz", - dedi u tegishli savolga javob berar ekan.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. NATO Rossiyani dushman sifatida ko‘rmaydi va umuman tashkilot hech qanday g‘animlar ro‘yxatiga ega emas, deya bayonot qildi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Polshaning Rzeczpospolita nashriga bergan intervyusida.

Oyog‘ini osmondan qilish: ekspert “Rossiya NATO uchun xavf” degan bayonotga izoh berdi

"Avvalo, shuning qayd etish lozimki, NATO hech qanday dushmanlar ro‘yxatiga ega emas. Negaki biz birorta ittifoqdoshimizga biror xatar yaqinlashayotganini ko‘rmayapmiz", - dedi Stoltenberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans o‘zini bu singari ro‘yxatni shakllantirish xatosidan himoyalashi darkor.

"Aksincha, biz xavfsizlikning tobora noaniq bir muhitini ko‘rmoqdamiz. Shu bois, biz ta’sir salohiyatimizni o‘zgartirmoqdamiz, masalan, kibertahdilarga yoki kosmosga", - deb qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan bir qatorda, NATO bosh kotibi alyans Rossiyani o‘z dushmani deb hisoblamasligini ta’kilab o‘tdi. "Biz Rossiyaga bunday ta’rif bermaymiz", - dedi u tegishli savolga javob berar ekan.