XOQ prezidenti Alisher Usmonovni taqdirladi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo‘shgan Alisher Usmonovni qo‘mitaning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni qo‘mitaning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Usmonov qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini ham Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo‘shganligi uchun taqdirlangan.

Usmonov fondi "MISiS" filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

Taqdirlash marosimi Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressida bo‘lib o‘tgan. Unda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etgan.

Kongress doirasida yil yakunlari bo‘yicha ham qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi a’zo bo‘lishdi. Shu tariqa xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar soni 157 taga yetdi.