G‘uzor hokimligi 56 mln so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalangan

Qashqardaroning G‘uzor tuman hokimligi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Yetkazilgan zarar 55,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Qashqardaroning G‘uzor tuman hokimligi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Hujjatlarda hokimlikka qarashli binoda o‘rnatilgan hisoblagich dasturda o‘chirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy bo‘limi xabar qildi.

MIB 9 oy ichida aholidan uch trillion so‘mdan ziyod mablag‘ undirdi

Hisoblanmagan energiya qiymati 124 214 kVt.soatni tashkil etgan, zarar – 55,8 mln so‘m.

Yana bir qoidabuzarlik Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko‘cha chiroqlari elektr ta’minoti hisob nuqtalarini o‘rganishda aniqlangan. Bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlangan, 4 tasida esa transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra jami 335, 6 mln so‘m (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilingan va undirishga yo‘naltirilgan.