TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Suriyaning Aleppo viloyati Kobani tumanida Rossiya harbiy politsiyasining patrullik yo‘nalishida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.
"Zirhlangan avtomobil yonida qo‘lbola portlash moslamasi ishlab ketishi oqibatida uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchilar jarohatlandi. Ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti", - deyilgan rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 22-oktabrda Putin va Erdo‘g‘on ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Turkiya Suriyaning sharqiy hududida birgalikda patrul nazorasti ostiga olish haqida kelishuvga erishgan edi.