Dollar yana ko‘tarildi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. O‘tgan hafta tushgan dollar, bu hafta birdaniga 16 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 3-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

O‘tgan hafta 6,28 so‘mga tushgan dollar, bu hafta birdaniga 16,31 so‘mga ko‘tarildi. Endilikda 1 AQSh dollari 9510,99 so‘mni tashkil etmoqda.

Dollar yana ko‘tarildi – valyuta kurslari

Yevro kursida ham ko‘tarilish kuzatilgan.  O‘tgan hafta arzonlashgan yevro hozirda 10 476,36 so‘mni tashkil qilmoqda.

Rossiya rubli ketma-ket arzonlashmoqda. Yangi kursga ko‘ra rubl 0,95 so‘mga tushib, 147,79 so‘mni tashkil qilmoqda.