O‘zbekiston Jinoyat kodeksidan 2 ta modda chiqarib tashlanishi mumkin

Adliya vazirligi JKdan189-moddadagi savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun va 192-moddadagi raqobatchini obro‘sizlantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash taklif etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksidan 2 ta modda chiqarib tashlanishi mumkin. Hozirda qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga qo‘yilgan.

Adliya vazirligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonun hujjatlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiqligini tahlil qilib, javobgarlikni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

O‘zbekistonda tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkinmi - partiyalar bahsi

Unga ko‘ra,  Jinoyat kodeksining 189-moddasida belgilangan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 192-moddasidagi raqobatchini obro‘sizlantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash ham taklif etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda raqobat muhitini shakllantirish va monopolistik faoliyatga qarshi kurashishga doir ijtimoiy munosabatlar “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Ushbu qonunning 27-moddasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish belgilangan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortilish masalasi nazarda tutilmagan.