Rossiya Qozog‘istonga qarata "Topol" mintaqalararo ballistik raketani uchirdi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Astraxan viloyati Kapustin Yar poligonidan "Topol" deb nom olgan mintaqalararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
Sputnik

Raketaning o‘quv jangovar qismi 3 ming kilometrdan oshiq masofani uchib o‘tib, Sari-shagan (Qozog‘iston) poligonidagi shartli nishonni berilgan aniqlikda zabt etdi, deb qayd etiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.