Trampning Afg‘onistonga “maxfiy” tashrifi – video

AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga tashrif buyurdi. U yerda AQSh harbiylari bilan uchrashdi.
Sputnik

Tashrif davomida Tramp mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng AQSh yetakchisi “Tolibon” harakati bilan tinchlik bitimini imzolashga harakat qilayotganini aytdi.

“Biz kelishuvga yoki to‘liq g‘alabaga erishmagunimizcha, bu yerda qolmoqchimiz”, - dedi Tramp.

2001 yil 11-sentabr teraktidan so‘ng AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonga kirdi. Bugungi kunda Afg‘onistonda 13 ming harbiylari mavjud.