Sooronbay Jeenbekov Toshkentga keldi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo rahbarlari ikkinchi Maslahatida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi, O‘zA xabariga asosan.

Sooronbay Jeenbekov Toshkentga keldi

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa mansabdor shaxslar kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Sooronbay Jeenbekov Toshkentga keldi