TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Sevastopol shahrida FXX xodimlari Ukrainaga ishlagan rossiyalik josus-ayolni qo‘lga olishdi. U davlatga xoinlikda ayblanmoqda.
FXXning ma’lumotiga ko‘ra, ayolni Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganligi, ular ko‘rsatmalariga asosan ayol maxfiy harbiy ma’lumotlarni to‘plagan.
Davlat Dumasi deputati Dmitriy Belikning ta’kidlashicha, qo‘lga olingan shaxs Qora dengiz flotining davlat xizmatchisi bo‘lgan.
Jinoiy ish qo‘zg‘atilib, u 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishi mumkin. Hozir ayol vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmadi.