Oyog‘ini osmondan qilish: ekspert “Rossiya NATO uchun xavf” degan bayonotga izoh berdi

Britaniya mudofaa vazirligi rahbari Rossiya NATO uchun “real tahdid” deb atadi. Harbiy ekspert Viktor Litovkin Sputnik radio efirida bu bayonot yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

“Rossiya tomonidan real tahdid bor, masalan NATOga. Rossiya qadamma-qadam qat’iyatligimizni sinamoqda”, - dedi Britaniya mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolless.

NATOning kosmosdagi rejalari dunyoni falokatga olib keladi – deputat

Uollesning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gibrid urush usulidan foydalangan holda, qisman Ukrainadan shu maqsadda foydalanmoqda.

Vazir NATO, Yevropa ittifoqi va Five Eyes maxsus xizmat tashkilotiga kirgan davlatlarni (AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) vaziyatni nazoratga olish va “Rossiyaga qat’iy zarba berish”ga chaqirdi.

Bunday so‘zlarni jiddiy qabul qilish kerak emas, deb hisoblaydi harbiy ekspert, iste’fodagi polkovnik Viktor Litovkin.

“Bu qirollik mudofaa vazirining ruhiy hastaligidan dalolat bermoqda. Rossiya hech kimga tahdid solmayapti, u NATO chegaralariga yaqinlashmayapti – bu NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda va u yerda ko‘p sonli qo‘shinlarni joylashtirmoqda. Rossiya kimgadir tahdid solmoqda, degan gaplar, - hammasini oyog‘ini osmondan qilishga urinish. NATO Yugoslaviyani bombardimon qildi, Iroq, Afg‘oniston, Liviyaga bostirib kirdi. NATOning ayrim a’zolari hanuzgacha Suriyada mavjud, Suriya neftini o‘g‘irlashmoqda. Rossiya hech qachon bunday qilmagan va qilmayapti. Shuning uchun ular Amerika qurolini sotib olish pul yig‘ish uchun Yevropa aholisini qo‘rqitmoqda, qo‘rquv muhitini yaratishmoqda – bunday aholini boshqarish osonroq”, - deb ta’kidladi Litovkin Sputnik radio efirida.