Nazarboyev yana bir faxriy maqomga ega bo‘ldi

Qozog‘iston birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboyev yana bir faxriy maqomga ega bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Qozog‘iston birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi faxriy raisi degan maqom berildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev: ushbu uchrashuv mintaqamizning rivojlanishida yangi bosqichni ochib beradi

Ta’kidlanishicha, bu qaror Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida qabul qilindi. Shu bilan birga, keyingi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.

Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga umrbod Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faxriy raisi maqomi berilgandi.