Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik: Shavkat Mirziyoyevning 4 tashabbusi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqtisodoy hamkorlikni 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirishni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo  davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev, xususan, qo‘shni davlat rahbarlariga birinchi navbatda iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi. Prezident “katta bozor, xom ashyolar zahirasi va inson resurslariga ega bo‘lgan mintaqa ichida savdo munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishni" taklif qildi.

Ikkinchi muhim yo‘nalish sifatida, mintaqada zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini shakllantirishni, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzilishini va ushbu sohada bitim imzolashni tezlashtirish muhimligi qayd etildi. 

Uchinchi o‘rinda, Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish hamda zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. 

To‘rtinchi navbatda, O‘zbekiston prezidenti – Markaziy Osiyoda yagona, ko‘pchilik taniydigan turizm brendi tashkil qilishni, ushbu maqsadda “Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat” xalqaro turizm konferensiyasini o‘tkazish taklifini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Undan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojkiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayevlar ishtirok etishdi.