Kanadada o‘zbekistonlik uchuvchi boshqargan samolyot halokatga uchradi

Kanadada kichik samolyot qulashi oqibatida ikki o‘zbekistonlik oila, jami yetti kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida uch nafar voyaga yetmagan bolalar ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Kanadaning Ontario shtati Kingston shaharchasi yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda ikki o‘zbekistonlik oila a’zolari jami 7  kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda CBC Nyuz.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kichik samolyot o‘zbekistonlik uchuvchi Otabek Obloqulov boshqaruvida bo‘lgan. Samolyotda shuningdek uning xotini va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari hamda  ularning kanadalik do‘sti Bobomurod Nabiyev va uning rafiqasi ham bo‘lgan.

Kanadada o‘zbekistonlik uchuvchi boshqargan samolyot halokatga uchradi

Piper PA-32 (Cherokee Six) rusumli samolyot  7 o‘rindiqqa ega. AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Obloqulov ushbu samolyotni 2019-yil boshida xarid qilgan. Obloqulov yozda Anson Aviation nomli uchuvchilar maktabini yakunlagan.

Kanada qutqaruv xizmati ayni damda ushbu aviahalotkatning aniq sabablarini o‘rganmoqda. Dastlabki xulosaga ko‘ra, bunga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Halokat sodir bo‘lganda shamol tezligi 80m/soniya va bulutlar juda past bo‘lgan. Tajribasi kam bo‘lgan uchuvchilarga bunday havoda samolyot boshqarish tavsiya etilmaydi.