AQSh shifoxonasida birdaniga 8 nafar xodima homilador bo‘ldi

AQSh Kennektikut shtatida Nyu-London shahridagi shifoxonaning to‘g‘ruq bo‘limining 8 nafar xodima homilador bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. AQSh Kennektikut shtatida Nyu-London shahridagi shifoxonaning to‘g‘ruq bo‘limining 8 nafar xodima homilador bo‘ldi. RIA Novosti WTNH telestansiyasiga asosan xabar qildi.

AQSh shifoxonasida birdaniga 9 nafar hamshira homilador bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, ulardan birining ko‘zi yoridi. Mazkur shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida ikki mingga yaqin bola dunyoga keldi. Yetti nafar homilador xodima ham shu yerda tug‘ishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil mart oyida AQShning Portlend shahrida mahalliy shifoxonaning tug‘ruqxonasi ishlayotgan 9 nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘lgandi.