Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga keldi

Tramp ilk bor Afg‘onistonga keldi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan tashrif so‘nggi damga qadar sir saqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp kecha 28-noyabr kuni kutilmaganda Afg‘onistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oq Uy matbuot xizmatiga asosan.

“Tramp 2,5 soat oldin Afg‘onistonga qo‘ndi. Bu Shukronalik kuni (Thankgiving Day) bayrami munosabati bilan amerika harbiylari xizmati uchun minnatdorlik maqsadida uyushtirilgan surprizning bir qismi edi....”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek, Tramp Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazgan. 

Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga keldi

Tvitterda paydo bo‘lgan videolarga ko‘ra, AQSh prezidenti askarlar oshxonasida biroz “ishlab”  harbiylar bilan birga ovqatlangan.

​Bu AQSh prezidentining Afg‘onistonga uyushtirilgan birinchi tashrifi bo‘lib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan u oldindan e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham 2014-yilda Afg‘onistonga  tashrif buyurgan edi.

Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga keldi