O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Dushanbeda chempion bo‘ldi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi bugun, 28-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda 5-mart “Sport kuni” deb e’lon qilinishi mumkin

Bugun “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi Dushanbeda o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgan O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun oxirgi o‘yinini Tojikistonga qarshi o‘tkazdi.

Qiziqarli tarzda kechgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchi qizlar raqibalari darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dildora Nozimova,  Umida Zoirova va Nilufar Qudratovalar gollar muallifiga aylanishdi.