Shifokor xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida gapirdi

Parhezshunos-shifokor Yelena Salomatina xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Salomatina xurmo foydasi va zarari haqida o‘z fikrlarini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Choy ichish kimlarga zararli bo‘lishi mumkin? - shifokor tavsiyalari

Shifokor kimlarga bu meva mumkin emasligi haqida ham gapirdi.

Salomatina ta’kidlashicha, xurmoda ko‘plab mikro va makro elementlar mavjud. Magniy qon tomirlarini bo‘shashtiradi, kaliy tanadagi ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi va bosimni pasaytiradi.

Bundan tashqari, bu meva yod, pektin, oziqa tolalariga juda boy, ular ortiqcha xolesterin to‘playdi.

Biroq foydali xususiyatlarga qaramasdan, bu meva beta-karotin pigmenti tufayli meyo’ridan ortiq iste’mol qilinsa “karotin sariqligi” – teri rangi o‘zgarishi rivojlanishini keltirishi mumkin.

Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga xurmo berish tavsiya etilmaydi.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, xurmo – yuqori kaloriyali meva, uning tarkibida shakar ko‘p.

Shuningdek, pishmagan mevalarni iste’mol qilish oshqozonda toshlar (bezoar) paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi.

Usti qoraygan, quyuq dog‘li xurmolarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi, ularda zararli mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkin.