Rossiya KXShT do‘stlar davrasini kengaytirishga harakat qilmoqda – Putin

Bishkekdagi KXShT sammitida afg‘on-tojik chegarasini mustahkamlash, axborot urushlariga qarshi choralar ishlab chiqish hamda g‘alabaning 75-yilligini nishonlash masalalari ko‘rib chiqildi.  
Sputnik

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Moskva KXShT do‘stlar davrasini kengaytirishga harakat qiladi, dedi Vladimir Putin Bishkekdagi Ala-Archa qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan KXShT sammitida, RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident aytishiga qaraganda Rossiya o‘tgan yilda boshqa davlatlar uchun KXShTda kuzatuvchi yoki hamkor maqomini beruvchi hujjatlarni tasdiqlagan.

“Ushbu hujjatlar KXShTning barcha a’zolari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishga qiziqayotgan davlatlar bilan yaqin hamqorlikni yo‘lga qo‘yish uchun suhbat qurish mumkin bo‘ladi”, - dedi Putin.

Bugungi majlisda shuningdek afg‘on-tojik chegarasini mustahkamlash, BMT bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi chaqiriq va xavflarga qarshi kurashish mexanizmlari, jumladan axborot sohasida ham, g‘alabaning 75-yilligini nishonlash va boshqa masalalar qo‘yilgan.  

Eslatib o‘tamiz, KXShTning bugungi sammiti Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi sammitga esa Belarus vakili Stanislav Zas raislik qiladi. Sammitida Rossiya va Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston, Belarus va Armaniston davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.