Ravshan Ermatov faoliyatining eng yorqin lahzalari - fotojamlanma

Sputnik

Biroz oldin MDH hududida eng mashhur futbol hakami - Ravshan Ermatov o‘zining 17-yillik faoliyatini rasman yakunlagani haqida xabar bergan edik. OFKda ushbu voqeaga bag‘ishlangan rasmiy qutlov marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Ravshan Ermatov  Osiyo futbol konfederatsiyasida 17 mavsum davomida faoliyat yuritib, Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida hakamlik qilgan edi.

Ravshan Ermatov - hakamlik faoliyati davomida o‘zining princhipial va xatosiz arbitr sifatida namoyish etdi va hurmat qozondi. Xalqaro futbol hamjamiyati Ravshan Ermatovni bir necha bor turli unvon va yorliqlar bilan mukofotlagan. 

Ravshan Ermatovga bir necha o‘ziga xos rekordlar sohibidir. Xususan u 2010-yilda JARda bo‘lib o‘tgan JChda eng yosh sudya, 2018-yilda JCh o‘yinlarida eng ko‘p marotaba hakamlik qilgan sudya, OFK finalida eng ko‘p marotaba hakamlik qilgan sudya kabi unvonlarga sazovor bo‘lgan edi.

Ayni damda Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assossiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ham ishlaydi va futbol rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etib kelmoqda. 

1 / 21
Ravshan Ermatov 2010-yilgi Jahon Chempionatida yaxshi kayfiyat bilan hakamlik qilmoqda
2 / 21
Ravshan Ermatov Argentina va Germaniya terma jamoalari o‘yinida 2010-yil Jahon Chempionati
3 / 21
Ravshan Ermatov, Yoxannesburg 2010-yil
4 / 21
JCh - 2010, Gretsiya - Argentina Ravshan Ermatov yunonistonlik futbolchi Kostas Katsuranisning yonida
5 / 21
Ravshan Ermatov Iroq yarim himoyachisi Kusay Munir bilan suhbatlashmoqda. Qatar, Osiyo kubogi, 2011-yil.
6 / 21
Ravshan Ermatov Argentina - Xorvatiya o‘yinida Shime Vrsalkoga (Xorvatiya) sariq kartochka ko‘rsatmoqda .
7 / 21
Ravshan Ermatov va Luka Modrich. Argentini - Xorvatiya o‘yinida hakamlik qilmoqda. Jahon chempionati 2018-yil, Rossiya.
8 / 21
Ravshan Ermatov sariq kartochka ko‘rsatmoqda
9 / 21
Ravshan Ermatov amerikalik futbolchi Mett Miazgaga qizil kartochka ko‘rsatmoqda. Olimpiya jamolari orasida futbol bahsi, 2016-yil Texas, AQSh.
10 / 21
Argentinalik himoyachi Markos Akuna Ravshan Ermatovdan sariq kartochka olmoqda. JCh-2018, Nijniy Novgorod.
11 / 21
Messi Ravshan Ermatov bilan suhbat qilmoqda. JCh-2018 Argentina - Xorvatiya matchi.
12 / 21
Meksikalik Xavyer Xernandez Ravshan Ermatovga e’tiroz bildirmoqda. Meksika - Xorvatiya o‘yini JCh-2014, Braziliya.
13 / 21
JCh-2010, Ravshan Ermatov Urug‘vay himoyachisi Maksimiliano Pereyraga sariq kartochka ko‘rsatmoqda. Keyptaun.
14 / 21
Bosh hakam Ravshan Ermatov. JCh, Argentina - Xorvatiya o‘yini.
15 / 21
Ravshan Ermatov Marokkolik darvozabon Munir El-Kajui bilan suhbat qilmoqda. Ispanii - Marokko o‘yini, JCh A-guruhi.

16 / 21
Ravshan Ermatov Niderland futbolchisi Aryen Robben bilan suhbat qilmoqda.
17 / 21
Ravshan Ermatov
18 / 21
Ravshan Ermatov Argentini va Xorvatiya futbolchilarini tinchlantirishga harakat qilmoqda. JCh-2018.
19 / 21
Ravshan Ermatov AQSh Olimpiya futbol jamoasi o‘yinchisi Lus Gillga qizil kartochka bermoqda.
20 / 21
Ravshan Ermatov "Eng yaxshi futbol hakami" sovrinini olmoqda. Dubay 2015-yil.
21 / 21
Ravshan Ermatov