KXShT sammitida ishtirok etish uchun prezidentlar Bishkekka yetib kelishdi

Rossiya, Tojikiston, , Belarus, Armaniston va Qozog‘iston prezidentlari KXShT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka yetib kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun bugun tongda Bishkekka yetib keldi. Xalqaro “Manas” aeroportida martabali mehmonni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kutib oldi.

KXShT sammitida ishtirok etish uchun prezidentlar Bishkekka yetib kelishdi

Bugun Bishkekda KXShT Kengashi sammiti bo‘lib o‘tadi. Shuningdek sammit doirasida Vladmir Putin va Sooronbay Jeenbekovning ikki tomonlama uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

KXShT sammitida ishtirok etish uchun prezidentlar Bishkekka yetib kelishdi

Eslatib o‘tamiz, KXShT sammitida ishtirok etish uchun kecha Bishkekka Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham yetib kelishgan edi.

KXShT sammitida ishtirok etish uchun prezidentlar Bishkekka yetib kelishdi

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ham 27-noyabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi.   

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabariga asosan.

KXShT sammitida ishtirok etish uchun prezidentlar Bishkekka yetib kelishdi