Toshkentda yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Poytaxtda endilikda jamiyatning GPS nazorat tizimi avtobuslar harakati bo‘yicha yana bir mobil ilova — 2GISga ma’lumotlar yetkazib beradi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkentda mobil ilova  2GIS avtobuslar harakatini ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar qildi.

Toshkentda Yandeks.Tirbandlik svetofori ishga tushdi

“Ushbu ilovaning yo‘lovchilar uchun afzallik jihati unda nafaqat avtobuslar balki, yo‘nalishli taksilar haqida ham ma’lumotlarni onlayn tarzda bilish mumkin”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu muqobil transport vositasini tanlashda hamda manzilga tez va qulay yetib olishda yo‘lovchilar uchun yengillik yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirilgani xabar qilingan edi.