Toshkent aeroportida “oltin” serviz olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar idishlar to‘plamida 3 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarini aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar idishlar to‘plamida 3 kilogramm zargarlik buyumlarini aniqlashdi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, shu kunlarda Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan uchib kelgan fuqaro K.N.ning hatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va u bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada ayol olib kelgan idishlar to‘plamida 3 kilogramm zargarlik buyumlari yashiringanligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda ushbu huquqbuzarlik yuzasidan bojxona surishtiruvi o‘tkazilmoqda.