Rossiyada snayper miltig‘ining nishonga olish masofasi uzaytirildi

Rossiyada yangi T-5000 - ORSIS-375CT yuqori aniqlikdagi snayper miltig‘ining sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyada takomillashtirilgan yangi T-5000 - ORSIS-375CT yuqori aniqlikdagi snayper miltig‘i muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Amerikalik ekspert Rossiyaning yangi avtomatini baholadi

Uning nishonga olish masofasi ikki kilometrgacha oshirildi. Bu haqda RIA Novosti’ga ORSIS quroli ishlab chiqarish korxonasi direktor o‘rinbosari Vladimir Zlobin ma’lum qildi.

“T-5000 yangi versiyasi tayyorlandi, kalibri 375 Cheytac (9,5x77 millimetr), sinov muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 338-chi kalibr yakson qilish masofasi – 1500 metr, shu yerda ikki kilometrga chiqamiz. Modelning nomi - ORSIS-375CT”, - dedi mutaxassis.

Rossiyada snayper miltig‘ining nishonga olish masofasi uzaytirildi

Zlobin so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda T-5000 miltig‘ining yangi modelini seriyali ishlab chiqarish boshlanadi, kompaniya turli mamlakatlardan bu qurolga buyurtmalarni oldi.

ORSIS T-5000 miltig‘i – “Promtexnologiya" qurol zavodida ishlab chiqariladi. Bu yangi snayper quroli hisoblanadi va barcha zamonaviy talablarga javob beradi.

Yaqin vaqtgacha bu miltiq ikki kalibrda 308 Winchester va 338 Lapua Magnum ishlab chiqarilgan. Qurol aksilterrorchilik va maxsus snayper bo‘linmalar uchun mo‘ljallangan.