O‘zbekiston va Tojikiston jangchilari Moskvadagi MMA oqshomida kuch sinashadi

Moskva “Lujniki” stadionida FMR Fighting Championship xalqaro turniri o‘tkaziladi. Unda 13 ta jang o‘tkaziladi. Oqshomning asosiy jangi - O‘zbekiston-Tojikiston sportchilari o‘rtasida bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. “Lujniki” kichik arenasida 1-dekabr kuni FMR Fighting Championship turniri o‘tkaziladi, deb xabar qildi sport majmuasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, turnirda Qozog‘iston, Eron, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziya sportchilari qatnashadi. Oqshomda 13 jang bo‘ladi.

Rossiya migrantlar federatsiyasi Pamir Fighters va Akbar birgalikda musobaqa o‘tkazilmoqda. 

Turnirning asosiy jangi o‘zbekistonlik Rahmatillo Sattarov va tojikistonlik Fayzi Tobatov o‘rtasida kechadi.