“Agrobank” Sberbankning mobil jo‘natmalar tizimiga ulandi

Endilikda “Sberbank Onlayn” mobil ilovasidan O‘zbekistonga telefon raqam orqali pul jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Ilk marta O‘zbekiston banki – Agrobank – Sberbankning telefon raqam orqali pul jo‘natish tizimiga ulandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Markaziy bank to‘lov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

Ta’kidlanishicha, endilikda “Sberbank Onlayn” mobil ilovasidan O‘zbekistonga telefon raqam orqali pul jo‘natish imkoniyati paydo bo‘ldi. Rossiyadan turib "Agrobank" ATB mizojlari kartalariga pul o‘tkazish mumkin.

Ushbu xizmatdan “Perevodi za rubej” – “Po nomeru telefona na kartu/schet” bo‘limidan foydalanish mumkin. Pul jo‘natish uchun pul oluvchining kartasiga ulangan telefon raqamni kiritish talab etiladi. Pul jo‘natish uchun olinadigan komissiya 1 foizni tashkil etadi. Jo‘natmani rublda yuborish mumkin, “Agrobank” kartasiga kelib tushgan pul karta valyutasiga o‘zgaradi.

Qayd etish joizki, hozirda ushbu tizimga Qirg‘iziston va Tojikistonning qator banklari ulangan edi.