Qozog‘istonlik talaba “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etadi - foto

“Qozog‘iston go‘zali” tanlovi g‘olibasi Madina Batik “Dunyo go‘zali” tanlovi eng yaxshi o‘nta modellar ro‘yxatiga kiritildi. Tanlov final bosqichi Londonda o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. “Qozog‘iston go‘zali 2019” tanlovi g‘olibasi Madina Batik “Dunyo go‘zali” xalqaro tanlovi eng yaxshi modellar ro‘yxatiga kiritildi.

Bu xabar bilan Madina o‘zining Instagram-akkauntida o‘rtoqlashdi.

19 yoshli Qozog‘istonning Pavlodar shahrida istiqomat qiluvchi Madina Batik mamlakatning eng go‘zal qizi deb topilgan. Shu yilning may oyida u “Qozog‘iston go‘zali” maqomini olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Pavlodar davlat universiteti “turizm” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda.  

Tanlovning final bosqichi 14-dekabrda Londonda o‘tkaziladi.

Hozirgi vaqtda dunyoning 120 ta davlatdan vakillar Buyuk Britaniya poytaxtida to‘plandi va final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.