Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi

Rossiya TIV so‘zlariga ko‘ra, xulosa qilishga shoshilmaslik zarur, zero Butunjahon antidoping agentligining qarori yakuniy emas.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov WADA᾽ning RUSADAni antidoping kodeksiga mos emas deb tan olish tavsiyasiga munosabat bildirdi. Bu haqda “R-Sport" xabar qildi.

“Rossiyani o‘zini himoya qilayotgan ahvolga, ayblanuvchi ahvoliga solishni istaganlar bor. Aslini olganda, hamma narsada va har yerda ayblanuvchi sifatida, xalqaro hayotning qaysi tarafini olib qarama: janjallar, iqtisodiyot, energetika, gaz quvurlari <...> Rossiya hamma joyda biror narsaga rioya qilmaydi yoki biror bir yoki bir necha G‘arb mamlakatlariga foyda keltirmaydigan nimadir qiladi”, - dedi Lavrov.

U xulosa qilishga shoshilmaslik zarurligini ta’kidladi, zero Butunjahon antidoping agentligining qarori yakuniy emas. Ularni ijroiya qo‘mitasi ham ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan chetlashishni tavsiya qilgani xabar qilingan edi.

WADA ijroiya qo‘mitasi yakuniy qarorni 9-dekabrda qabul qilishi kerak.