TOShKENT, 26 noya - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining (YeXHT DIIHR) Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outram bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ular saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida O‘zbekiston tomonining YXHT DIIHB to‘laqonli missiyasi bilan o‘zaro munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilishdi.
Tomonlar xalqaro ekspertizadan o‘tgan va YeXHT DIIHB, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan O‘zbekistonning yangi saylov kodeksi ahamiyati qayd etishdi.
Ushbu konseptual hujjat siyosiy partiyalarning mavqeyi va rolini mustahkamlash, kvotalashni bekor qilishni nazarda tutadi, fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashdi, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tuzishni nazarda tutadi.
Kayetana de Zulueta Outram saylovni kuzatish uchun YeXHT DIIHB 300 ga yaqin kishini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Ushbu kuzatuvchilar mamlakatning barcha mintaqalariga tashrif buyurishadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jahonning 50 ta mamlakati va xalqaro tashkilotlardan 700 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda Parlament saylovlari 2019-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi. Parlamentdagi 150ta o‘ringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod da’vogarlik qilmoqda. 18-noyabrdan saylovoldi tashviqotlariga start berilgan.