“Bunisiga nima deysan, Ilon Mask?”: Rossiyada elektromotosikl namoyish qilindi

Rossiya "Kalashnikov" konserni shaharda yurish uchun mo‘ljallangan yangi “Ij” elektromotosikl taqdimotini o‘tkazdi.
Sputnik

"Yangi motosikl – shovqinsiz va ekologik toza, 0 dan 40 daraja haroratda ishlashi mumkin, tezligi – soatiga 100 kmgacha”, - deydi “Kalashnikov” konsern loyiha rahbari Grigoriy Novikov.

Motosiklni zaradka qilishni unutmaslik kerak, buning uchun sakkiz soat ketadi. Taqdimotda maxsus stansiya ham namoyish qilindi.