Poytaxt prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. U ilgari Bosh prokuratura jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Bahodir Abduvaliyev Abdulhayevich Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt prokuraturasi xabar qildi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi

Qayd etilishicha, bosh prokuror 21-noyabr kuni tayinlov to‘g‘risida buyruq chiqargan.

Bahodir Abduvaliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tuzilmasida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgani xabar qilingan edi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan ikki nafar vazir o‘rinbosari, YHXBB, MvaFRBB, PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi.