O‘zbekistonda 5-mart “Sport kuni” deb e’lon qilinishi mumkin

“O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

“2020 yildan boshlab 5-mart kuni “Sport kuni” deb e’lon qilinsin”,- deyilgan hujjatda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar turli ommaviy tadbirlar, sport musobaqalar, festivallar, marafonlar va boshqa tadbirlarni mos tarzda, tantanali ravishda o‘tkazishni ta’minlashi belgilangan.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalariga “Sport kuni”ni nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.

Hujjatga jismoniy tarbiya va sportni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ilova qilingan.

Hujjat 7-dekabrgacha muhokama qilinadi.