TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Amerikalik milliarder, Nyu-York shahrining sobiq meri Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini va amaldagi davlat rahbari Donald Tramp ustidan g‘alaba qozonishini ma’lum qildi.
“Men Donald Trampni yengish va Amerikani qayta tiklash uchun prezidentlikka nomzodimni qo‘yapman. Men biznes, hukumat va xayr-saxovat ishlaridagi noyob tajribam ustun kelishga va yetakchilik qilishga imkon berishiga ishonaman”, - deya yozgan u Twitter᾽da.
Avvalroq 77 yoshli milliarder Blumberg AQSh Demokratlar partiyasidan dastlabki saylovlarda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan edi, ammo bu borada rasmiy bayonot bermagan edi.
Endilikda u AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etishini va saylovlarga tayyorgarlikni faol ravishda boshlab yuborgani rasman e’lon qildi.
AQShda navbatdagi prezident saylovlari 2020-yilning 3-noyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.