GFC-20 janglari – eng qiziqarli foto-suratlar

Sputnik

Musobaqa Humo Arena sport majmuasida o‘tkazildi. Musobaqani faxriy mehmon Habib Numagomedovdan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov ochishdi.

Shanba oqshomida 12 ta jang o‘tkazildi, ularning yettitasida O‘zbekiston sportchilari ishtirok etdi.

Muzaffar Rajabov, Nursulton Ruziboyev, Avliyoxon Xamidov, Jahongir Jumayev va Axliddin Mirzadavlatov g‘alaba qozondi. Respublikaning ikki nafar vakili Amin Ergashev va Jamshid Raxmonaliyev raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.

Umar Nurmagomedov argentinalik Brayan Gonsalesni muddatidan avval mag‘lub etdi va chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi.

1 / 18
O‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ruziboyev va ukrainalik jangchi Artem Shokalo.
2 / 18
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov, Habib Nurmagomedov, Otabek Umarov va MOK rahbari Rustam Shoabdurahmonov.
3 / 18
Brazilik jangchi Luiz Filo.
4 / 18
Jahon boksi afsonasi Roy Jons.
5 / 18
Fransiyalik jangchi David Som
6 / 18
Luiz Filo va Avliyoxon Xamidovning jangi.
7 / 18
Axliddin Mirzadavlatov.
8 / 18
Luiz Filo.
9 / 18
Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov.
10 / 18
Surinamlik Klayd Brunsvik - Jamshid Rahmonaliyev ustidan g‘alaba qozondi
11 / 18
Humo Arena tribunalari tomoshabinlarga to‘ldi.
12 / 18
Shanba oqshomida 12 ta jang o‘tkazildi, ularning yettitasida O‘zbekiston sportchilari ishtirok etdi.
13 / 18
Tunislik Aladdin bin Xalima o‘zbekistonlik Muzaffar Rajabovga qarshi.
14 / 18
Habib Nurmagomedov Umarni ringga kuzatib qo‘ymoqda.
15 / 18
UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasi bilan.
16 / 18
Umar Nurmagomedov qo‘lida GFC chempionlik kamari.
17 / 18
Habib Nurmagomedov amakining o‘g‘li Umarni g‘alaba bilan tabrikladi.
18 / 18
Ayollar GFC turnirini tomosha qilmoqda.