Dollar, yevro kursi tushdi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Ilk bor 9 500 so‘mlik nuqtadan o‘tgan dollar 6,28 so‘mga tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 26-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar, yevro kursi tushdi – valyuta kurslari

Ilk bor 9 500 so‘mlik nuqtadan o‘tgan dollar 6,28 so‘mga tushdi va 9 494,8 so‘mni tashkil qilmoqda.

Yevro kursi birato‘la 33,52 so‘mga pasaygan va 10 465,04 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham pasayish kuzatilgan. O‘tgan hafta 0,19 so‘mga ko‘tarilgan rubl 0,27 so‘mga tushdi va 148,74 co‘mni tashkil qildi.