O‘zbekistonda yana bir yirik amaldor hibsga olindi

IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligida gumon qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 19-noyabr kuni general-mayor Dmitriy Panga Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

23 noyabr kuni Panga ayblov e’lon qilingan va Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan unga qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarida general-mayor Pan hibsga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.