“O‘zbekiston temir yo‘llari” yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik yaratdi

Ushbu qulaylik bu ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. 2019 yil 8-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlarga 60 kun oldindan chipta sotib olish mumkin. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘zgarish bu ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Qayd etish joizki, ilgari ushbu muddat 45 kunni tashkil qilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ayrim ichki yo‘nalishlarga 30 foizgacha chegirma joriy etdi

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin ekanligi aytilgan.