“Tashkent city”dagi ko‘chalar nomlandi

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi nom berilgan ko‘chalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi nom berilgan ko‘chalar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

To‘rtta ko‘cha va ikkita tor ko‘chaga yangi nom berildi: Yangi Toshkent ko‘chasi, O‘qchi ko‘chasi, Zargar ko‘chasi, Xadra ko‘chasi, Xadra tor ko‘chasi va Yangi Toshkent tor ko‘chasi.

“Tashkent city”dagi ko‘chalar nomlandi

Eslatib o‘tamiz, “Tashkent City” xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazilgan.