TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Orenburg viloyatidagi mudhish yo‘l transport hodisasining qurboni bo‘lishdi.
Hodisa 24-noyabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:10 da Chistiy posolkasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Xabarda yozilishicha, Orenburg – Akbulak avtomobil yo‘lida Hyundai miniveni va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
Mintaqa FVV xabariga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Olti kishi, jumladan, bir go‘dak halok bo‘lgan. Uch kishi jarohat olgan. Jarohatlar olganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Mintaqa IIBBning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, YTHga mikroavtobus haydovchisining noma’lum sabablarga yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashishi sabab bo‘lgan.